Barcha yangiliklar
🏛 “Xalqparvar” komissiyasi o‘rganishlari: Maqsad — sifat va shaffoflik!
Gallery image 146684
Gallery image 146685
Gallery image 146686
Gallery image 146687
Gallery image 146688
Gallery image 146689
Gallery image 146690
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
18 May 2026
18:05

🏛 “Xalqparvar” komissiyasi o‘rganishlari: Maqsad — sifat va shaffoflik!



✅Bandixon tumanida aholi uchun zamonaviy va shinam uy-joylar barpo etilishi diqqat markazida.

✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasi raisi, deputat Isoqul Amandavlatovich Xalmatov hamda komissiya a'zosi, deputat X.Abdimo'minov ishtirokida tuman markazidagi “Bandixon” mahallasida qad rostlayotgan ko'p qavatli turar joy binolarining qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.

📊 Loyiha haqida qisqacha:
🏗 Quruvchi tashkilot: “Shukrona-Marvarid-Donolari” X/K
🏢 Bino parametrlari: 5 qavatli, 50 ta xonadondan iborat zamonaviy turar joy majmuasi.
✅ Topshirilish muddati: Joriy yilning III choragi yakunida to‘liq foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

✅ Asosiy e'tibor — xalqaro standartlarga! O‘rganish davomida loyiha doirasida olib borilayotgan ishlarning sifati va ularning xalqaro talablarga mosligi atroflicha tahlil qilindi.

"Qurilish ishlarining sifatli bajarilishi va belgilangan muddatda yakunlanishi aholimiz farovonligi uchun o‘ta muhim. Bu jarayon komissiyamiz tomonidan doimiy nazoratga olingan," — deya ta’kidladi komissiya raisi I.Xalmatov.

✅Shaffoflik va sifat — xalqimiz manfaati uchun bosh mezon!