Barcha yangiliklar
«Mahalla yettiligi» faoliyati o‘rganildi
Gallery image 146653
Gallery image 146654
Gallery image 146655
Gallery image 146656
Gallery image 146657
ALLABERGANOV BABIR FARXADOVICH
18 May 2026
17:38

«Mahalla yettiligi» faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari — Y. Axmedov (O‘zLiDeP), S. Jumamuratova (MTDP) hamda Kengash kotibiyati xodimi Z. Darmonov tomonidan «Toshyop» OFYda nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Maqsad: Mahalladagi yettilik tizimining samaradorligi va aholi muammolarini hal etishdagi faoliyatini tahlil qilish.

O‘rganish davomida xususan mahalla raisi faoliyati ko‘zdan kechirildi hamda mahalla yettiligiga aholi murojaatlari bilan ishlashni jonlantirish, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlashda birinchi bo‘g‘in sifatida tizimli ishlash yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.