Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 146616
Gallery image 146617
Gallery image 146618
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
18 May 2026
16:54

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.Karimova tashabbusi bilan “Uyas” qabristoni hududida obodonlashtirish va tozalik ishlarini tashkil etish maqsadida hashar tadbiri o‘tkazildi.

Hasharda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari faol ishtirok etib, qabriston hududini tartibga keltirish, begona o‘tlarni tozalash, yo‘laklarni obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash ishlari amalga oshirildi.

Tadbir davomida yurtimizda muqaddas qadamjolar va qabristonlarni ozoda saqlash, atrof-muhit musaffoligini ta’minlash hamda aholi o‘rtasida hamjihatlik va birdamlik muhitini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Bunday ezgu tashabbuslar hududlarni yanada obod qilish, fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish va milliy asrab-avaylashga xizmat qilmoqda.