Barcha yangiliklar
#deputat_tashabbusi
Gallery image 146465
Gallery image 146466
Gallery image 146467
Gallery image 146468
Gallery image 146469
Gallery image 146470
TEMIROVA ZILOLA ZAVQIDINOVNA
18 May 2026
15:24

#deputat_tashabbusi

#deputat_tashabbusi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati J. To‘rayev tashabbusi bilan shahardagi qabriston hududida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Tadbir davomida qabriston ichki yo‘laklari tozalanib, begona o‘tlardan tozalash ishlari olib borildi, chiqindilar olib chiqildi hamda hudud tartibga keltirildi.

Shuningdek, atrof hududlarda sanitariya holatini yaxshilash, ziyoratchilar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida qo‘shimcha tozalash va tekislash ishlari bajarildi. Qabriston hududida obodonlashtirishni doimiy davom ettirish, tartib-intizomni saqlash hamda joyning muqaddasligini asrash bo‘yicha mas’ullarga va mahalla faollariga tegishli tavsiyalar berildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida qabriston hududi yanada tartibli va ko‘rkam holatga keltirildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash