Barcha yangiliklar
Deputat nazorati
Gallery image 146450
Gallery image 146451
Gallery image 146452
Gallery image 146453
ASHIRMATOV AZIZ NAMATULLAYEVICH
18 May 2026
15:01

Deputat nazorati

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashining 18-okrug deputati Doniyor Yusupov, kotibiyat mudiri O.Toirov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A.Ashirmatov hamda G.Aripovalar tomonidan “Boyjigit” mahallasida faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi”ning ish samaradorligi o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahallada aholi bilan ishlash tizimi, ijtimoiy muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash holati, shuningdek, profilaktika va bandlik yo‘nalishlaridagi ishlar tahlil qilindi.
Shu bilan birga, “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyatini yanada takomillashtirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ish samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.