Barcha yangiliklar
Qahramon MFYdagi qurilish ishlari bilan tanishildi
Gallery image 146294
Gallery image 146295
Gallery image 146296
Gallery image 146297
Gallery image 146298
Gallery image 146299
Gallery image 146300
Gallery image 146301
Gallery image 146302
Gallery image 146303
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
14 May 2026
12:35

Qahramon MFYdagi qurilish ishlari bilan tanishildi

Qahramon MFYdagi qurilish ishlari bilan tanishildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyat mudiri A.Avliyakulov tomonidan deputat S.Xakimov saylangan 7-Qahramon saylov okrugi Qahramon MFY hududida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida “Qahramon” MFY hududida barpo etilayotgan 330 o‘rinli yangi umumta’lim maktabi binosi hamda 12x24 o‘lchamdagi sport zalining qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.

Hozirgi kunda qurilish ishlari belgilangan reja-grafik asosida davom etmoqda. Qurilish jarayonida muammolar mavjud emas, ishlar sifatli va jadallik bilan olib borilmoqda.

Mazkur obyekt foydalanishga topshirilgach, hududdagi yoshlarning zamonaviy sharoitlarda ta’lim olishi hamda sport bilan shug‘ullanishi uchun keng imkoniyatlar yaratiladi