Barcha yangiliklar
Mahallada asfaltlashtirish ishlari boshlandi
Gallery image 146160
Gallery image 146161
Gallery image 146162
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
15 May 2026
11:05

Mahallada asfaltlashtirish ishlari boshlandi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 5-Navoiy saylov okrugidan saylangan deputat Z.Umurzakov hamda 3-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat M.Gaipov tomonidan Navoiy mahallasida olib borilayotgan asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi.

Jarayonda hududdagi ichki yo‘llarda amalga oshirilayotgan asfalt yotqizish ishlari ko‘zdan kechirilib, ishlarning sifati va belgilangan reja asosida olib borilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mazkur bunyodkorlik ishlari orqali mahalla aholisiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi.