Barcha yangiliklar
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB
Gallery image 146109
Gallery image 146110
Gallery image 146111
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
08 May 2026
10:44

DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati Z.Mullajonov tomonidan "Taraqqiyot" MFY, Oltinsoy qishlog‘idagi transformator punkti atrofini o‘rash va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tuman elektr ta’minoti korxonasiga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
Murojaat natijasiga ko‘ra:
Mazkur transformator "Jizzax suv ta’minoti" MChJ tuman bo‘limi balansida ekanligi aniqlandi.
Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan transformator eshiklari maxsus qulflanib, mahkamlandi.
Deputatlar tomonidan hududlardagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.