Barcha yangiliklar
#deputat_faoliyati
Gallery image 146021
XURRAMOV LAZIZ FAXRIDDIN O‘G‘LI
13 May 2026
10:20

#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 11-Navro‘z saylov okrugi deputati To‘rayev Norquvvat tomonidan hududdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati hamda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.Mazkur o‘rganishda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov ham ishtirok etdi. O‘rganish jarayonida Navro‘z mahallasida faoliyat yuritayotgan “Muxriddin Mebel” savdo korxonasi rahbari Salomov Sherxon tomonidan korxona faoliyati haqida ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, korxonada bugungi kunda 25 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan. Deputat tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda mahalla iqtisodiy faolligini oshirish borasidagi ishlarni davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.