Barcha yangiliklar
Fuqarolar murojaati — xalq bilan ochiq muloqot mezoni
Gallery image 145906
Gallery image 145907
Gallery image 145908
Gallery image 145909
Gallery image 145910
Gallery image 145911
Gallery image 145912
DARMONOV ZOYIR BAHODIR O‘G‘LI
16 May 2026
09:52

Fuqarolar murojaati — xalq bilan ochiq muloqot mezoni

O'zLiDePdan saylangan xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashi deputatlari, tuman hokimi Sobir Xo‘jametov hamda Kengash raisi Alisher Yuldashevlarning fuqarolar murojaatlari yuzasidan navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabul jarayonida hokim o‘rinbosarlari, tegishli bo‘lim va tashkilotlar rahbarlari, mutasaddi mas’ullar hamda fuqarolar ishtirok etdi.

Qabul davomida aholi tomonidan uy-joy, bandlik, kommunal xizmatlar, moddiy yordam, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, infratuzilma hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni qonuniy va ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Amudaryo tumanida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.