Barcha yangiliklar
Atrof-muhit tozaligi — sog‘lom va farovon hayot garovi!
Gallery image 145803
Gallery image 145804
Gallery image 145805
Gallery image 145806
AZIMOVA NARGISA MADALIYEVNA
15 May 2026
00:00

Atrof-muhit tozaligi — sog‘lom va farovon hayot garovi!

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga saylangan deputat S.Xidirova hamda O‘zbekiston ekologik partiyasi Bekobod tumani kengashi raisi D. Olimjonovalar tomonidan ko‘p qavatli uylar atrofida maishiy chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududlarning sanitariya holati, chiqindi konteynerlarining joylashuvi hamda aholi uchun yaratilgan qulayliklarga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.

♻️ Toza hudud — bu nafaqat obod mahalla, balki kelajak avlod oldidagi mas’uliyatimiz hamdir!