Barcha yangiliklar
24  ta tavsiya: Neftchilar MFYda deputat faoliyati o‘rganildi
Gallery image 145636
Gallery image 145637
SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
16 May 2026
12:35

24 ta tavsiya: Neftchilar MFYda deputat faoliyati o‘rganildi

 

Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati I.Butabekov Neftchilar MFY hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar jarayonini o‘rgandi Shuningdek, deputat tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida fuqarolarning biznes tashabbuslari, mavjud imkoniyatlardan foydalanish, kredit va imtiyozli dasturlar orqali faoliyat boshlash masalalari muhokama qilindi.Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan bir qator taklif va savollar bildirilib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi. Deputat tomonidan hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.