Barcha yangiliklar
TUMAR MAHALLASIDA YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI JADAL SUR’ATLARDA DAVOM ETMOQDA
Gallery image 145613
Gallery image 145614
Gallery image 145615
Gallery image 145616
Gallery image 145617
Gallery image 145618
Gallery image 145619
Gallery image 145620
Gallery image 145621
MURODOV DALER DAVRON O‘G‘LI
12 May 2026
00:00

TUMAR MAHALLASIDA YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI JADAL SUR’ATLARDA DAVOM ETMOQDA

"Tumar" mahallasida barpo etilayotgan yangi dehqon bozori qurilishi jadal sur’atlarda davom etmoqda.
Mazkur loyiha hudud aholisiga qulaylik yaratish, savdo infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda tadbirkorlar uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Qurilish ishlari belgilangan reja asosida olib borilmoqda. Bozor hududida savdo rastalari, zamonaviy infratuzilma, avtoturargoh hamda aholiga xizmat ko‘rsatish obyektlarini barpo etish ko‘zda tutilgan.

Jarayon Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Nurali Jo’rayev hamda Kengash deputati Mashʼal Qodirov tomonidan, qurilishning har bir bosqichi sifat va muddat nuqtai nazaridan nazorat qilinmoqda. Mas’ul tashkilotlarga ishlarni tez va sifatli yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berilgan.

Yangi dehqon bozori ishga tushirilishi bilan hududda savdo-sotiq yanada rivojlanib, aholi uchun qulay va zamonaviy xizmat ko‘rsatish muhiti yaratiladi.