Barcha yangiliklar
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
Gallery image 145407
Gallery image 145408
Gallery image 145409
Gallery image 145410
Gallery image 145411
Gallery image 145412
Gallery image 145413
YUNUSOVA ZUXRA ASLIYEVNA
15 May 2026
19:41

Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.

   Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashi 15-A.Qahhor saylov okrugi deputati, kotibiyat mudiri D.Anarkulova tomonidan o‘z saylov okrugidagi 13-sonli Oilaviy poliklinikada yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar hamda bepul berilayotgan dori-darmonlar ta’minoti ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.