Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 145228
Gallery image 145229
Gallery image 145230
Gallery image 145231
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
15 May 2026
16:57

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

“Deputat bilan bir kun” loyihasi doirasida xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatlari A. Amanlikov va Z. Alimovlar “Do‘stlik” mahallasida istiqomat qiluvchi Xoliqnazarov Bobobek xonadonida bo‘lib, oilaning yashash sharoiti hamda holidan xabar oldi.

Suhbat davomida Bobobek Xoliqnazarov uzoq yillar davomida ichki ishlar organlarining yo‘l-patrul xizmati tizimida samarali faoliyat yuritgani, xususan 30 yil davomida sohada sidqidildan xizmat qilgani alohida e’tirof etildi. Hozirgi kunda u kishi nafaqada bo‘lib, mahalla hayotida faol ishtirok etib kelmoqda.

Uchrashuv davomida fuqarolarning turmush sharoiti, mavjud muammolari va ehtiyojlari o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Shuningdek, yurt tinchligi va jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriylarning hayotiy tajribasi yosh avlod uchun ibrat ekani ta’kidlandi.