Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 145183
Gallery image 145184
Gallery image 145185
Gallery image 145186
Gallery image 145187
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
15 May 2026
16:31

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 2026-yil 1-yarim yillik media-rejasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan deputat Z. Alimov tuman IIB JXX HPB bo‘linmasi boshlig‘i bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida profilaktika inspektorlari faoliyati, hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ayniqsa kriminogen vaziyati murakkab bo‘lgan hududlarda olib borilayotgan profilaktik tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, tumanda jinoyatchilik darajasi bo‘yicha “sariq” toifadagi 9 ta hamda “qizil” toifadagi 2 ta mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilishi zarur bo‘lgan choralar yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot jarayonida profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish, fuqarolar bilan manzilli ishlash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.