Barcha yangiliklar
AHOLIGA O‘ZI VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
Gallery image 145107
Gallery image 145108
Gallery image 145109
Gallery image 145110
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
15 May 2026
15:47

AHOLIGA O‘ZI VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 4-«Bo‘ston» saylov okrugidan saylangan deputati Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida o‘zi saylangan hududdagi Bo‘ston OSHP faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan ambulator tibbiy xizmatlar sifati, yaratilgan shart-sharoitlar hamda sanitariya holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan muloqot o‘tkazilib, ularning kundalik faoliyati va mavjud muammolar yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi. Uchrashuv davomida aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, dori vositalaridan oqilona va samarali foydalanish masalalari muhokama qilinib, bu borada tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.