Barcha yangiliklar
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
Gallery image 145000
Gallery image 145001
Gallery image 145002
Gallery image 145003
Gallery image 145004
Gallery image 145005
ASTANOVA MUBORAK SHERKULEVNA
15 May 2026
12:55

DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI

DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Muxiddin Kalonov bilan magistrantlar hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlar uchun dolzarb bo‘lgan ta’lim, ilmiy izlanish va kasbiy faoliyatga oid masalalar muhokama qilindi. Xususan, magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash va himoya qilish jarayonlariga alohida e’tibor qaratilib, ilmiy ishlarning sifatini oshirish, ularni belgilangan muddatlarda yakunlash hamda himoyaga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tib, magistrantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar hamda o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Ta’kidlanganidek, bunday uchrashuvlar yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi.