Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Azizbek Xasanov tomonidan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig'iga deputat so‘rovi yuborildi
Gallery image 144941
Gallery image 144942
Gallery image 144943
ZOIROV BAHRIDDIN TO‘RABEK O‘G‘LI
15 May 2026
11:16

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Azizbek Xasanov tomonidan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig'iga deputat so‘rovi yuborildi

Mazkur so‘rovda Sho‘rchi tumanidagi “Guliston” MFYda yashovchi fuqaro S.Mamadiyevaning sog‘lig‘i bilan bog‘liq murojaati hamda “Tolli” oilaviy shifokorlik punktida terapevt shifokor yetishmasligi masalasi qayd etilgan.

Deputat so‘rovida fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek, “Tolli” oilaviy shifokorlik punktini malakali terapevt shifokor bilan ta’minlash choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Hozirda mazkur deputat so‘rovi yuzasidan tegishli tashkilot tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Natijalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.