Barcha yangiliklar
Kengash faoliyatidan
Gallery image 144928
MATYAQUBOVA SARABIBI IDIROVNA
15 May 2026
11:00

Kengash faoliyatidan

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Erkinov Azizbek Qahramonovich hamda deputat Karimov Odamboy Davronbek o‘g‘li Amirqum mahallasidagi oilaviy poliklinika faoliyati bilan yaqindan tanishib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, dori-darmon ta’minoti hamda fuqarolarga o‘z vaqtida malakali tibbiy yordam ko‘rsatish holatini o‘rgandilar.

O‘rganishlar davomida birlamchi tibbiyot tizimini yanada takomillashtirish, aholining salomatligini mustahkamlash hamda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi islohotlarni izchil davom ettirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Deputatlar tomonidan tibbiyot muassasasida mavjud muammo va takliflar tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.