Barcha yangiliklar



TO‘XTASINOV MUZAFFARJON MUXTORJON O‘G‘LI
07 May 2026
10:02
GULOBODDA DEPUTAT QABULI: MUROJAATLAR TINGLANDI VA YECHIMLAR BERILDI
GULOBODDA DEPUTAT QABULI: MUROJAATLAR TINGLANDI VA YECHIMLAR BERILDI
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati B.Abduraximov Gulobod mahalla
fuqarolar yig‘inida fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kommunal xizmatlariga
oid murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat diqqat bilan tinglanib,
fuqarolarning muammolari va takliflari atroflicha o‘rganildi.
Deputat tomonidan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirishlar
berilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa mas’ul tashkilotlarga
yuborilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.