Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 144752
Gallery image 144753
Gallery image 144754
Gallery image 144755
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
15 May 2026
09:23

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🤝 HAMKORLIK VA OCHIQ MULOQOT

🏢 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 12-Cho‘mishli–Taroqli saylov okrugi deputati F. Shermuxamedova hamda “Madad” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti bosh mutaxassisi S. Ochilov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📌 Uchrashuv davomida fuqarolarning huquqiy muammolariga yechim topish, aholiga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

👥 Shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda joylarda uchrayotgan muammolarni birgalikda hal etish yuzasidan fikr almashildi.

⚖️ Tomonlar kelgusida ham hamkorlikni mustahkamlash va fuqarolar manfaatlari yo‘lida tizimli ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.