Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova tomonidan shahrimizdagi 2-maktabda o‘rganish ishlari olib borildi.
Gallery image 144739
Gallery image 144740
Gallery image 144741
Gallery image 144742
Gallery image 144743
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
15 May 2026
09:06

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova tomonidan shahrimizdagi 2-maktabda o‘rganish ishlari olib borildi.

  O‘rganish jarayonida obodonlashtirish ishlari qolaversa bolalar uchun yaratilgan sport infratuzilmasi, xususan maktab hududidagi sport zallari, sport maydonchalari hamda o‘quvchilarning jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.Shuningdek, sport anjomlarining mavjudligi, ularning texnik holati va foydalanish darajasi atroflicha tahlil qilindi.

Deputat tomonidan sport jihozlarining sifati hamda o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganish davomida mavjud kamchiliklar yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Ta’kidlash joizki, yoshlarning sog‘lom va barkamol voyaga yetishida sport infratuzilmasini rivojlantirish, maktablardagi sport zallari va anjomlarini muntazam yangilab borish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois bu kabi o‘rganishlar tizimli ravishda davom ettiriladi.