Barcha yangiliklar











RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
14 May 2026
20:48
#24_ta_masala
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov, kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov hamda tegishli mas’ullar ishtirokida “Ekraz” mahallasida joylashgan 56-sonli umumta’lim maktabida bo‘ldi.
Tashrif davomida ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sinfxonalarning jihozlanish darajasi, ta’lim sifati va o‘quv jarayonining tashkil etilishi bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, maktab infratuzilmasini yanada yaxshilash, ta’lim samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati