Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 144490
Gallery image 144491
Gallery image 144492
Gallery image 144493
Gallery image 144494
Gallery image 144495
Gallery image 144496
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
14 May 2026
18:24

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

“Ijodkor” mahallasi “yettiligi” faoliyatini o‘rganish jarayonida xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatlari tomonidan soha vakillari bilan alohida suhbatlar o‘tkazilib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tahliliy muhokamalar olib borildi.

Xususan, xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi raisi O. Isanov mahalla raisi bilan uchrashib, 2026-yilning 1-choragi davomida mahallada amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, aholi murojaatlari bilan ishlash holati hamda mavjud muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashdi. Shuningdek, hududda olib borilayotgan obodonlashtirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va infratuzilmani yaxshilash borasidagi ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Deputat A. Amanlikov mahalla hokim yordamchisi bilan suhbat o‘tkazib, hududda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda imtiyozli kredit va subsidiya asosida amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Suhbat davomida yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish borasidagi rejalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, deputat J. Rahmonqulov xotin-qizlar faoli bilan uchrashib, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash hamda profilaktik tadbirlarni tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, mazkur xodimning yaqinda ishga qabul qilingani inobatga olinib, faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyatiga taqdim etishi kelishib olindi.

O‘rganish yakunida mahalla raisiga amalga oshirilgan ishlar, aniqlangan muammolar, mavjud takliflar hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar yuzasidan umumlashtirilgan ma’lumotlarni yozma ravishda xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyatiga taqdim etish lozimligi bildirildi.