Barcha yangiliklar
#doimiy_komissiya  ✅ “Ilk rivojlantirish markazi”ga ajratilgan mablag‘ masalasi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
Gallery image 144460
Gallery image 144461
Gallery image 144462
Gallery image 144463
Gallery image 144464
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
21 Apr 2026
18:09

#doimiy_komissiya ✅ “Ilk rivojlantirish markazi”ga ajratilgan mablag‘ masalasi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari tomonidan “Ilk rivojlantirish markazi” uchun ajratilgan mablag‘lardan foydalanish holati yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida markaz hududida olib borilayotgan qurilish ishlari, bajarilgan ishlar hajmi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, hududda barpo etilishi belgilangan vorkout maydonchasi ishlari oxiriga yetkazilmagani aniqlandi. Mazkur holat doimiy komissiya yig‘ilishida “Ilk rivojlantirish markazi” uchun qurilish materiallari xarid qilish va xizmat ko‘rsatish ishlari uchun mablag‘ ajratish masalasi muhokama qilinishi jarayonida aniqlangan edi.

Shu munosabat bilan, Ishtixon tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i hamda qurilish ishlari uchun mas’ul pudratchi ishtirokida masalani batafsil ko‘rib chiqish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan doimiy komissiya yig‘ilishiga kiritish uchun tegishli xat chiqarildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram