Barcha yangiliklar
DEPUTAT SO‘ROVI
Gallery image 144459
NABIYEV SOXIBJON ABDUGANIYEVICH
14 May 2026
18:07

DEPUTAT SO‘ROVI

🔹 Deputat D.A.Abdurazaqov tomonidan o‘z okrugidagi “Chorbog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi va ota-onalar murojaatlarida: hududda joylashgan 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Andijon-Qo‘qon A-373 avtomobil yo‘li yoqasida joylashgani, o‘qituvchi-o‘quvchilar va fuqorolar uchun noqulay ob-havo sharoitida va turli avtomobillar piyodalar yo‘lagiga tartibsiz qo‘yilishi oqibatida piyodalar harakatlanishi uchun qiyinchiliklar tug‘dirayotgani aholining jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘layotganligini bildirganlar. Avtomobil yo‘li chetidagi piyodalar yo‘lagini maxsus to‘siq bilan ajratilishi hamda asfalt yotqizilishi bo‘yicha aholi vakillarining amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatlari o‘rganildi.