Barcha yangiliklar





ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
14 May 2026
17:03
Korrupsiyaga qarshi kurashish tadbiri o‘tkazildi
Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi 23-Farhod saylov ogurugi deputati Ekologiya partiyasi a’zosi D.Vaxobjonov tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirokida korrupsiyaning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish davomida korrupsiyaning huquqiy oqibatlari, uning oldini olish yo‘llari, Davlat xizmatchilarining masʼuliyati, har bir xodim xizmat vazifalarini halollik va mas’uliyat bilan bajarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, barcha MFY raislaridan korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, shaffoflik va qonun ustuvorligini ta’minlash asosiy vazifa ekanligi ta’kidlandi.