Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 144276
Gallery image 144277
Gallery image 144278
Gallery image 144279
Gallery image 144280
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
14 May 2026
16:43

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Fayziyev Shuxrat Xasanovich “Minglola” mahallasida fuqarolar murojaatlarini hal etish, hududdagi muammolarni barataraf qilish, mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlarini amalga oshirdi. 

Tashrif davomida hududdagi nosoz yo‘llar, hududning sanitar holati hamda mavjud kamchilik va noqulayliklar tug‘dirayotgan muammolar joyida ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, hududdagi fuqarolarning murojaatlari eshitilib, mahalla tomonidan muammolarni belgilangan qonun doirasida hamkorlikda ko‘rib chiqish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

O‘rganish jarayonidagi mahalladagi nosoz yo‘llar, hududning sanitar holati hamda mavjud muammolar yuzasidan bevosita tegishli bo‘lgan tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilanib, ijrosi nazorat ostiga olindi.