Barcha yangiliklar
Yoshlar kuni munosabati bilan o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Gallery image 144148
Gallery image 144149
Gallery image 144150
Gallery image 144151
Gallery image 144152
Gallery image 144153
Gallery image 144154
Gallery image 144155
Gallery image 144156
ASHIRMATOV AZIZ NAMATULLAYEVICH
14 May 2026
15:11

Yoshlar kuni munosabati bilan o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Yoshlar kuni munosabati bilan o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun, Qibray tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbirda Qibray tuman Kengashi 18-okrug deputati D.Yusupov, tuman IIB boshlig‘i J.Tilyabayev, hamda FVB bo‘limi va tuman IIB JXX YHXB bo‘limi boshliqlari va tegishli tashkilot mas’ullari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yo‘l harakati xavfsizligi hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan batafsil javob oldilar. Tadbir yakunida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.