Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 83-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Gallery image 15649
Gallery image 15650
Gallery image 15651
Gallery image 15652
Gallery image 15653
XO‘JAMBERDIYEV SHUKURULLA NUMON O‘G‘LI
21 Avg 2024
18:25

XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 83-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

 Sessiyada masalaga daxldor korxona-tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.   

Kun tartibidagi masalalar O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlarini o‘tkazish uchun tuzilgan uchastka saylov komissiyasi tarkibiga nomzodlarni viloyat saylov komissiyasiga tavsiya etish to‘g‘risida, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshloq tuman kengashi deputatlik guruhining tumanda aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning o‘rganish natijalari to‘g‘risida, Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan deputatlarni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga oid masalani ko‘rib chiqish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida mas’ul rahbarlarning axborotlari eshitildi.

Sessiya davomida muzokara uchun so‘z olganlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan muhokama, taklif va mulohazalardan so‘ng qaror loyihalari bir ovozdan qabul qilindi.