Barcha yangiliklar
Xiyobonlar holati o‘rganildi.
Gallery image 144064
Gallery image 144065
Gallery image 144066
Gallery image 144067
Gallery image 144068
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
14 May 2026
14:35

Xiyobonlar holati o‘rganildi.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining deputati O‘zLiDeP a’zosi T.Niyazov va Xalq deputatlari shahar kengashining bosh mutaxassisi U.Abdunazarov shahar hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari v.v.b R.Eshbekov bilan Bekobod shahridagi “Ustoz va murabbiylar” xiyobonida aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi. Mazkur xiyobonda aholi uchun dam olishlari va madaniy xordiq chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratilgan. O‘quvchilar uchun ochiq osmon ostidagi sinf, yozgi konsert maydoni, salqin ichimliklar paviloni, favvoralar, ma’naviyatga oid bannerlar, turli xil manzarali ko‘chat va gullar xalq xizmatida.
O‘rganish jarayonida xiyobondagi to‘planib qolgan chiqindilarni olib chiqish, xaykallarni kraskalash bo‘yicha tavsiyalar berildi.