Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 144052
Gallery image 144053
Gallery image 144054
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
14 May 2026
14:33

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Kim Vitaliy Gennadevich tomonidan “Kamolot” mahallasida aholi bilan navbatdagi qabul uchrashuvi tashkil etildi. 

Uchrashuv tadbirida mahalla faollari, “mahalla yettiligi” a’zolari, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etdi. Mahalla fuqarolari bilan hudud rivoji va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, yoshlar bandligini ta’minlash, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga ko‘rsatilayotgan yordam, xotin-qizlar faollari va hokim yordamchilari faoliyati borasidagi ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, ko‘p qavatli uylar atrofidagi sanitariya holati, boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, issiq va sovuq suv, elektr energiyasi bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqilib, muammolar yechimi yuzasidan vazifalar belgilab olindi.