Barcha yangiliklar
Deputat tomonidan yoshlar urug‘chilik klasteri faoliyati bilan tanishtirildi
Gallery image 143912
Gallery image 143913
Gallery image 143914
Gallery image 143915
Gallery image 143916
Gallery image 143917
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
14 May 2026
11:56

Deputat tomonidan yoshlar urug‘chilik klasteri faoliyati bilan tanishtirildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi raisi Sh.Suvonqulov tomonidan bir guruh yoshlar Paxtakor tumani urug‘chilikka ixtisoslashgan “SEMRUG‘ CLUSTER” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishtirildi.

Tashrif davomida yoshlarga klasterda olib borilayotgan urug‘chilik yo‘nalishidagi ishlar, zamonaviy agrotexnologiyalar hamda ishlab chiqarish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, yoshlarning qishloq xo‘jaligi sohasiga qiziqishini oshirish, amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda kelgusida ushbu yo‘nalishda bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur tashrif yoshlar uchun amaliy tajriba maktabi bo‘lib xizmat qildi.