Barcha yangiliklar
XURSHIDI TOBON MFYDA MANZILLI O‘RGANISH O‘TKAZILDI
Gallery image 143898
Gallery image 143899
Gallery image 143900
Gallery image 143901
Gallery image 143902
Gallery image 143903
Gallery image 143904
DADAJONOVA OZODAXON ADILOVNA
14 May 2026
11:44

XURSHIDI TOBON MFYDA MANZILLI O‘RGANISH O‘TKAZILDI

XURSHIDI TOBON MFYDA MANZILLI O‘RGANISH O‘TKAZILDI

🔹 Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hamda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, 9-Lo‘g‘on saylov okrugi deputati Diloromxon Toshboltayeva tomonidan Xurshidi Tobon MFY hududida manzilli o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

🔍 O‘rganishlar davomida aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoya tizimi samaradorligi, ajratilayotgan kredit mablag‘larining manzilliligi hamda ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarga yaratilayotgan imkoniyatlar holati tahlil qilindi.

📝 Shuningdek, hududdagi mavjud muammolar va aholi murojaatlari o‘rganilib, mahalla hududidagi ta’mirtalab ichki yo‘llar, aholi soni ortib borayotgani sabab mavjud transformator punktini yuqori quvvatlisiga almashtirish zarurati hamda qo‘lbola tarzda o‘rnatilgan 10 dan ortiq simyog‘ochlarni beton tayanchlarga almashtirishga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.

✅ Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi kiritishga kelishib olindi.