Barcha yangiliklar
Deputat yoshlar yutug‘ini e’tirof etdi
Gallery image 143788
Gallery image 143789
Gallery image 143790
Gallery image 143791
Gallery image 143792
Gallery image 143793
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
14 May 2026
10:41

Deputat yoshlar yutug‘ini e’tirof etdi

“Romish” mahallasida “Buyuk Sharq renessansi” xalqaro olimpiadasi g‘olibini taqdirlash tadbiri tashkil etildi.
✔️Mazkur nufuzli xalqaro bellashuvda O‘zbekiston terma jamoasi 8 nafar ishtirokchi bilan qatnashib, yakunda 8 ta medalni qo‘lga kiritdi.
✔️E’tiborlisi, ushbu yutuqlardan biri Jondor tumani yoshlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Jumladan, Jondor tumanidagi 44-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Muhammad Primboyev xalqaro olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.
✔️Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining deputati O.Sherov tomonidan g‘olib o‘quvchi, uning ustozlari hamda ota-onasi samimiy muborakbod etildi. Tadbir davomida ularga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
✔️Ta’kidlanganidek, bunday yutuqlar yoshlarimizning bilim va salohiyati, ustozlarning fidokorona mehnati hamda ta’lim tizimida yaratilayotgan imkoniyatlarning amaliy natijasidir.
✔️Yosh avlodning ilm-fan yo‘lidagi muvaffaqiyatlari bundan buyon ham keng qo‘llab-quvvatlanadi.