Barcha yangiliklar
“Majnuntol” mahallasida deputatlar nazorati: “24 ta muhim yo‘nalish” ijrosi amalda!
Gallery image 143660
Gallery image 143661
Gallery image 143662
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
13 May 2026
07:51

“Majnuntol” mahallasida deputatlar nazorati: “24 ta muhim yo‘nalish” ijrosi amalda!

Shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda deputat J.Xamroqulov “Majnuntol” mahallasida bo‘lib, mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

📌 Mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun ishlab chiqilgan “24 ta eng muhim yo‘nalish” ijrosi doirasida mahalla boshqaruv tizimi samaradorligi tahlil qilindi.

💬 Asosiy muhokama mavzulari:

▶️Aholi muammolarini hal etishdagi natijadorlik va shaffoflik;

▶️Mahalla faollarining ish samaradorligini oshirish;

▶️Hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar belgilash.

✔️ Shuningdek, yig‘ilish davomida mahalla hududidagi dolzarb muammolar, xususan, kommunal va ijtimoiy sohalardagi kamchiliklar ochiq muhokama qilindi.

💬 Deputat J.Xamroqulov mahalla faollariga aholi bilan muloqot qilishda yangicha yondashuvlarni joriy etish, har bir muammoni “mahallabay” tamoyili asosida o‘rganish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.

🫥Uchrashuv yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tavsiyalar va aniq vazifalar yuklatildi.