Barcha yangiliklar





TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
21 Avg 2024
10:13
Pastdarg'om tumani deputatlari tomonidan Davlat dasturi ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati A.Abdimuratov hamda Xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo'yicha doimiy komissiya raisi N.Dustmurodov tumandagi 73-umumta'lim maktablariga Dastur asosida qurilayotgan qo'shimcha binoning qurilish jarayonlari bilan tanishib, qurilish ishlarining hozirgi kundagi holati yuzasidan quruvchilar bilan fikr-mulohaza almashdilar. Quruvchi tashkilot rahbariga qurilish ishlari yuzasidan o'z takliflarini berdilar.