Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 143419
Gallery image 143420
Gallery image 143421
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
13 May 2026
18:22

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

A.Navoiy mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.Urazmotovga Saxovat va ko‘mak jamg‘armasi hisobidan uy-joyni ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali ijrosini nazorat qilish maqsadida xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi raisi, kotibiyat mudiri hamda 7-A.Navoiy saylov okrugi deputati tomonidan fuqaro xonadoniga tashrif buyurildi.

O‘rganish davomida fuqaro tomonidan hozirga qadar qurilish ishlari boshlanmagani va amaliy ishlar olib borilmayotgani bildirildi.

Mazkur holat yuzasidan aniqlik kiritish maqsadida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i bilan muloqot qilinib, ushbu masala nazoratga olingani hamda ta’mirlash ishlari yaqin kunlarda boshlanishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, mas’ul tashkilotlarga ajratilgan mablag‘larning o‘z vaqtida va maqsadli sarflanishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.