Barcha yangiliklar







YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
13 May 2026
17:26
🔰Murojaat ijobiy hal etildi.
🔹Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati B.Toshpo‘latov tomonidan «Qaliya» MFY, “To‘ptolobod" ko‘chasida yashovchi fuqarolar murojaati asosida, hududdagi ichimlik suvi quvurida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga murojaat etildi.
🔹Ushbu muammo Jizzax shahar "Suv taʼminoti" MCHJ masʼullari tomonidan joyida bartaraf etildi va natijada “To‘ptolobod" ko‘chasida yashovchi fuqarolar xonadonlari ichimlik suvi bilan taʼminlanishdi.