Barcha yangiliklar
#ko'rik_tanlov
Gallery image 143216
Gallery image 143217
Gallery image 143218
Gallery image 143219
Gallery image 143220
Gallery image 143221
Gallery image 143222
Gallery image 143223
Gallery image 143224
Gallery image 143225
TEMIROVA ZILOLA ZAVQIDINOVNA
13 May 2026
16:22

#ko'rik_tanlov

#ko'rik_tanlov

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari M. To‘raboyev va Sh. Isamutdinov, Kengash kotibiyati mutaxassislari I. Ikromov hamda Z. Temirovalar shaharda o‘tkazilgan “Ibratli oila” ko‘rik-tanlovida ishtirok etdilar. Tadbirda shahardagi mutasaddi tashkilotlar vakillari ham faol qatnashdi.

Mazkur ko‘rik-tanlov jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, namunali oilalar hayotini keng jamoatchilikka targ‘ib qilish hamda yoshlarni mustahkam oila tamoyillari ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etildi. Unda ishtirok etgan oilalar o‘z hayotiy tajribalari, farzand tarbiyasidagi yondashuvlari, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlikka asoslangan turmush tarzini namoyon etdilar.

Tadbir davomida deputatlar so‘zga chiqib, oilaning jamiyat barqarorligidagi o‘rni beqiyos ekanini alohida ta’kidladilar. Ular mustahkam oila — mustahkam jamiyat poydevori ekanini qayd etib, bugungi kunda yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, oilalarda totuvlik va ma’naviy barqarorlikni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etishini bildirdilar.

Shuningdek, deputatlar ishtirokchilarga samimiy tilaklar bildirib, ularning oilalariga tinchlik, totuvlik, baraka va farovonlik tiladilar. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan oilalar tashkilotchilar tomonidan munosib e’tirof etildi. Ushbu ko‘rik-tanlov Kogon shahrida oilaviy qadriyatlarni yanada yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash