Barcha yangiliklar
📌 XALQ MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA E’TIBOR MARKAZIDA
Gallery image 143184
Gallery image 143185
Gallery image 143186
Gallery image 143187
Gallery image 143188
Gallery image 143189
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
13 May 2026
16:00

📌 XALQ MUROJAATI – AMALIY YECHIM VA E’TIBOR MARKAZIDA

Shovot tumani Do‘stlik mahallasida istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolar tomonidan mahalla ichki ko‘chalarini asfaltlashtirish masalasida Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlariga murojaat yo‘llandi.
Mazkur murojaat Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyat mudiri U. Quryazov, viloyat va tuman Kengashi deputati E. Dushamov hamda tuman Kengashi kotibiyat mudiri I. Masharipovlar tomonidan joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etilib, mavjud muammolar va hudud infratuzilmasining holati muhokama qilindi.
Shuningdek, fuqarolarga masala yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralar belgilandi. Hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay sharoit yaratish hamda ichki ko‘chalarni bosqichma-bosqich ta’mirlash ishlari mutasaddilar nazoratiga olindi.
Bugungi kunda xalq murojaatlarini tinglash, ularni joyida o‘rganish va amaliy yechim topish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.