Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 143159
Gallery image 143160
Gallery image 143161
Gallery image 143162
Gallery image 143163
Gallery image 143164
Gallery image 143165
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
13 May 2026
15:45

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport hamda Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari deputatlari tomonidan tumandagi 50-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda deputatlar maktabdagi ta’lim tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish, o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda yosh avlodning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib chiqdilar.

O‘rganishlar jarayonida deputatlar tomonidan maktabdagi ayrim muammolar yuzasidan suhbatlar o‘tkazilib, belgilangan qonun doirasida hal etishga ko‘maklashish yuzasidan choralar ko‘rish xaqida kelishib oldilar.