Barcha yangiliklar
“Yangihayot” MFYda yangi tibbiy-sanitariya obyektining qurilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda
Gallery image 142844
Gallery image 142845
Gallery image 142846
Gallery image 142847
Gallery image 142848
Gallery image 142849
Gallery image 142850
Gallery image 142851
Gallery image 142852
Gallery image 142853
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
12 May 2026
10:27

“Yangihayot” MFYda yangi tibbiy-sanitariya obyektining qurilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda

“Yangihayot” MFYda yangi tibbiy-sanitariya obyektining qurilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mutaxassislari K. Abdullayeva hamda T. Murodov tomonidan “Yangihayot” MFY hududida qurilayotgan tuman Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi binosida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida obyektda bajarilayotgan ishlar sifati, qurilish jarayonining borishi hamda yaratilayotgan shart-sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi. Hozirgi kunda binoda g‘isht terish ishlari davom etayotgan bo‘lib, qurilish ishlari belgilangan reja asosida jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Shuningdek, loyiha doirasidagi moliyalashtirish masalalarida muammo mavjud emasligi, barcha ishlar uzluksiz davom ettirilayotgani qayd etildi. Mazkur obyekt foydalanishga topshirilgach, hudud aholisi uchun sanitariya va jamoat salomatligi xizmatlari sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.