Barcha yangiliklar
DEPUTAT SO‘ROVI NATIJASI: AHOLI VA MTT HUDUDIDAGI SUV MUAMMOLARI HAL ETILDI
Gallery image 142821
Gallery image 142822
Gallery image 142823
Gallery image 142824
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
12 May 2026
10:05

DEPUTAT SO‘ROVI NATIJASI: AHOLI VA MTT HUDUDIDAGI SUV MUAMMOLARI HAL ETILDI

DEPUTAT SO‘ROVI NATIJASI: AHOLI VA MTT HUDUDIDAGI SUV MUAMMOLARI HAL ETILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududlardagi kommunal muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Xususan, 2026-yil 27-aprel kuni “M.Eshtemirov” mahallasi, O‘zbekiston ko‘chasidagi suv minorasining nosozligi va 19-sonli MTT hududidan o‘tuvchi ichimlik suvi quvuri yorilganligi yuzasidan tuman hokimligi va mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Amalga oshirilgan ishlar:

Suv minorasi: O‘zbekiston ko‘chasidagi suv minorasining konstruksiyasidagi nosozliklar “Suv ta’minoti” bo‘limi mutaxassislari tomonidan to‘liq bartaraf etildi. Hozirda aholiga reja-grafik asosida toza ichimlik suvi yetkazib berilishi qayta tiklandi.

MTT hududi: 19-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti hududidan o‘tuvchi markazlashgan asosiy suv quvuridagi avariya holati bartaraf qilindi. Quvurlar ta’mirlanib, suv isrofgarchiligining oldi olindi.

Aholi farovonligi va ijtimoiy soha ob’ektlari holati deputatlarimizning doimiy e’tiborida.