Barcha yangiliklar
Xotira va qadrlash kuni arafasida obodonlashtirish ishlari nazorat qilindi
Gallery image 142801
Gallery image 142802
Gallery image 142803
Gallery image 142804
AZIMOVA NARGISA MADALIYEVNA
08 May 2026
00:00

Xotira va qadrlash kuni arafasida obodonlashtirish ishlari nazorat qilindi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga saylangan deputatlar B. Joʻrayev hamda S. Xidirovalar 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilgan obodonlashtirish va hashar tadbirlarida faol jamoatchilik nazoratini olib bordilar.

Deputatlar o‘z saylov okrugi hududidan o‘tgan avtomobil yo‘llari chetlarini tartibga keltirish, hududlarni chiqindilardan tozalash, daraxt va gul ko‘chatlariga ishlov berish hamda aholi tomorqasidan samarali foydalanish holatini o`rgandilar.

O`rganish davomida fuqarolar bilan samimiy muloqotlar olib borilib, mahallalarni yanada obod va ko‘rkam qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda aholi o‘rtasida birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.