Barcha yangiliklar









AZIMOVA NARGISA MADALIYEVNA
07 May 2026
00:00
🛒 Aholi manfaatlari — doimiy e’tiborda
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat U. Raximjonov, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Sh. To‘raqulova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A. Utegenov tomonidan hududdagi savdo doʻkonlarida aholi isteʼmoli uchun zarur mahsulotlarning narx-navosi oʻrganildi.
🔹 Oʻrganish jarayonida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari, ularning sifati hamda aholiga yetkazib berilish holatiga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Fuqarolar manfaatini himoya qilish, bozorlarda narxlar barqarorligini ta’minlash va aholiga qulaylik yaratish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
✨ Xalq bilan muloqot va amaliy nazorat — farovon hayot garovi!