Barcha yangiliklar
Ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari deputatlar e’tiborida
Gallery image 142744
Gallery image 142745
Gallery image 142746
Gallery image 142747
Gallery image 142748
Gallery image 142749
Gallery image 142750
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
12 May 2026
09:53

Ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari deputatlar e’tiborida

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 23-Ko‘liyon saylov okrugidan saylangan deputat U.Ro‘ziyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Murodovlar hamkorligida Ko‘liyon va Xumdonak mahallalarida olib borilayotgan ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari bilan tanishdilar.
✔️O‘rganish jarayonida hududlarda aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani yaratish, ichki ko‘chalarning sifatini yaxshilash hamda transport harakati uchun munosib sharoitlar tashkil etish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar tomonidan qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarda bajarilishi va yo‘llarning texnik talablarga mosligi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
✔️Shuningdek, mahalla faollari va aholi vakillari bilan muloqot qilinib, ularning yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha taklif va murojaatlari tinglandi. Ta’kidlanganidek, bunday obodonlashtirish ishlari aholining turmush farovonligini oshirish, hududlarda harakat xavfsizligini ta’minlash hamda mahallalar ko‘rkini yanada yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
✔️O‘rganish yakunida mutasaddilar tomonidan ishlar sifatli va tizimli davom ettirilishi bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.