Barcha yangiliklar







AZIMOVA NARGISA MADALIYEVNA
07 May 2026
00:00
ACHAMAYLI MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat I. Egamberdiyev Achamayli mahallasida bo‘lib, mahalla hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida, ayniqsa, aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandlikni ta’minlash, oilalarning daromadini oshirish hamda tadbirkorlikka yo‘naltirish borasidagi ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Mahallada olib borilayotgan sa’y-harakatlar fuqarolarning turmush darajasini yaxshilash, ularning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.
📌 “Inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan har bir tashabbus — xalq farovonligi yo‘lidagi muhim qadamdir.