Barcha yangiliklar
MUROJAATLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA
Gallery image 142715
MAXAMMADIYEVA GULMIRA ABDULLAYEVNA
13 May 2026
09:31

MUROJAATLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev tomonidan Jarquduq mahallasida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda qabul o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha o‘rganilib, ularning mazmun-mohiyati yuzasidan fuqarolarga tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ayrim masalalarni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazish, ularning muammolarini joyida o‘rganish hamda qonuniy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.